Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Kotib

Deputatlar nazorati (yoki deputatlik nazorati) — xalq vakillari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligini kuzatish, qabul qilingan qarorlar va dasturlarning ijrosini ta’minlash mexanismidir. U qonunlarning ijrosini nazorat qilish, muammolarni aniqlash va ularga tezkor yechim topishga qaratilgan.

“Adolat” SDP a’zosi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Elmurod Amirov hamkorlikda ish olib borish uchun o‘ziga biriktirilgan tashkilotga bordi.

Tashrifda tuman hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Murojaat qilgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘chama-ko‘cha yurish daftariga qayd etdi.

Uchrashuvda mutasaddi tashkilot vakillari deputatni amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib, aholiga sifatli kommunal xizmat yuzasidan amalga oshiriladigan kelgusi rejalarini taqdim etishdi.

O‘tkazilgan o‘zaro o‘rganish va suhbatlar jarayonida hamkorlikda olib boriladigan ishlarni davom ettirish hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan takliflar kiritib borilishi ta’kidlandi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4