35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish davomida fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
DEPUTAT SO’ROVI NATIJA BERDI: ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI

 MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Isaxonov tuman Kengashi
doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan qonun
hujjatlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda ularning joylardagi
ijrosini o‘rganish maqsadida Bolalik mahallasida bo‘lib, mahalla faollari
ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil
22-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ–350-son Qonuni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla
boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Shuningdek, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar
yig‘inlarining vakolatlari, aholi muammolarini hal etishda jamoatchilik
ishtirokini kuchaytirish hamda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni
yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar
berildi.
  

Slide 1 of 3