Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
янв.21
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosini o‘rganish jarayoni tashkillashtirildi
янв.21
"Mustaqillik" bayramining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar qabuli partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan o‘tkazildi
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va istiqboldagi vazifalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bitiruvchi yoshlar bandligi — ustuvor vazifa!

Andijon pedagogika texnikumida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarning mehnat bandligini taʼminlashga qaratilgan davra suhbati va individual uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova ishtirok etib, yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda qonuniy mehnat faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Dilafruz Qurbonova tomonidan bitiruvchilarga hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, Belarus Respublikasida mavjud ish o‘rinlari va xorijda qonuniy mehnat qilish imkoniyatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.

Yoshlar bandligini taʼminlash va ularning munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5