Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
15-Burgansoy saylov okrugidan saylangan deputat, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi J.Nasriddinov tomonidan tumandagi 73-sonli umumta’lim maktabida Burgansoy mahallasi fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

#uchrashuv
#tuman_hokimi

📌 AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

👨‍💼15-Burgansoy saylov okrugidan saylangan deputat, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi J.Nasriddinov tomonidan tumandagi 73-sonli umumta’lim maktabida Burgansoy mahallasi fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida mahalla aholisining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

✅Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

🦅Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish orqali hududlarni yanada obod va farovon etishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram

Slide 1 of 3