Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati M.Barakayeva

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala

Mahalla faoliyati o‘rganildi va tahlil qilindi

⏳Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudirining kunlik ish rejasi ijrosi doirasida tuman Kengashi deputati M.Barakayeva tomonidan Madrasa mahallasi fuqarolar yig‘ini vakillari faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahlil olib borildi.

⏳O‘rganish davomida mahalla vakillarining aholi murojaatlari bilan ishlash holati, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

⏳Shuningdek, mahallada mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

⏳Deputat tomonidan mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va mahalladagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

⏳Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram