Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar masalalari doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Muhokama yakunida tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilinib, mazkur masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi. (Doimiy komissiya qarori ilova qilinadi).

Slide 1 of 1