35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
янв.21
📌 "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etildi
янв.21
📢 MAHALLALARIMIZ OBOD BOʻLMOQDA: 4,5 KM YOʻL ASFALTLANADI!
янв.21
📌 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
янв.21
📌 Xalq bankida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat tomonidan gaz ta’minoti korxonasidan axborot talab qilindi
янв.21
📌 Viloyat Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
“Sog‘lomlashtirish maydonchasi”  faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Kichiksoy” mahallasida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabi tashkil etilgan "Sog‘lomlashtirish maydonchasi" faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maydonchada o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport va madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, to‘garaklar faoliyati, ovqatlantirish va sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

🔺Deputat maydonchada o‘quvchilarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari va ijodiy tanlovlarni faolligiga e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, hududning obodonlashtirilganligi hamda bolalarning xavfsizligiga doir chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7