Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

 “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-Samarqand saylov okrugi deputati N.Imomov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan Ibn Sino MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida hududlarda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishi, chiqindi to‘plash maydonchalarining sanitariya holati, maxsus konteynerlar bilan ta’minlanganlik darajasi, chiqindilarni belgilangan jadval asosida tashib ketish ishlari hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan Qonun talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

🤝 Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va mas’ul xodimlar ishtirokida amaliy muloqot o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi yashash hududlarida sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌿 Deputatlik nazorati davomida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni yanada samarali tashkil etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va aholi uchun qulay hamda sog‘lom ekologik muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari kelgusida ham davom ettiriladi.