Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan aholi farovonligini ta’minlash, bandlikni oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Deputatlar mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari va aholi murojaatlari ijrosi bilan ham tanishib, mutasaddilar bilan fikr almashdilar. 

Slide 1 of 3