Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva, tumani Kengashi deputati K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda G‘alaba mahallasida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quv va o‘yin xonalari, oshxona hamda dam olish maydonchalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiya olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Deputatlar bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 6