O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi yaxshilanadi
✅ Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Y.Murodov, 9-Dashtig‘oz saylov okrugiga O‘zLDPdan saylangan deputat J.Y.Choriyev, tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidag”gi PQ-141-sonli qarori asosida Dashtig‘oz mahallasi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Mahallada ushbu qaror asosida 500 m3 hajmdagi suv saqlash inshooti qurilmoqda. Buning natijasida aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji yanada yaxshilanishi kutilmoqda. Bajarilayotgan ishlar deputatlarning doimiy nazorati ostida amalga oshiriladi.