Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tumanda ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

🔹 Oila va xotin-qizlar yo‘nalishida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi ijrosi, oilaviy nizolarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

🔹 Sog‘liqni saqlash sohasida aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, skrining dasturlarini amalga oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim sifati, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, xorijiy tillarni o‘qitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash, maktab infratuzilmasini rivojlantirish hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Yoshlar siyosati yo‘nalishida “Dolzarb 90 kun” dasturi hamda besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik, IT va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiyalar tomonidan tegishli masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb topildi va tegishli qaror va xulosalar qabul qilindi.

Slide 1 of 7