Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 20-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat M.Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan “Zangi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⚡️Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mahalla hududidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda ichki avtomobil yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar jarayonida mahalladagi ayrim ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish hamda 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kamchiliklarni hal etish zarurligi aniqlandi.
⚡️Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarish va muammolar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6