Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H.Karayeva tomonidan saylovchilar murojaatlari va hududdagi mavjud infratuzilma holatini o‘rganish jarayonida “Varaxsho” arxeologik tepaligiga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan edi.
⚡️Shundan kelib chiqib, deputat H.Karayeva 2026 yil 2 iyun kuni tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori M.Hamroyev nomiga mazkur yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovini yubordi.
⚡️Deputatlik so‘rovida tarixiy-madaniy meros obyekti hisoblangan “Varaxsho” arxeologik tepaligiga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoit yaratish, aholi va mehmonlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yo‘llarning texnik holatini yaxshilash zarurligi ta’kidlangan.
⚡️Murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur hududga olib boruvchi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda yo‘l qatnov qismini tekislash, nosoz uchastkalarni tiklash va harakat uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️Ushbu amaliy natija deputatlik nazorati va saylovchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatning samarali namunasi bo‘lib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va murojaatlar ijrosini nazoratga olish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5