Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashdi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Qorabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

📌 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi

📝 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan, ya’ni Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil 1-choragidagi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar savolnoma asosida o‘rganib chiqildi

💬 Muloqot jarayonida mahallani yanada obod qilish, aholi muammolarini tizimli hal etish hamda jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

✅ Bu kabi uchrashuvlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4