Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, hokim o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, ekspert va yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga ko'ra yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash, “Mening bog‘im” yashil bog‘ loyihasini tashkil etish, tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hamda infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda Kengashning doimiy komissiyalari shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 10