Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi qaroriga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Qo‘qon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida markazda aholi salomatligini muhofaza qilish va yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, vaksinalarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus sovutish uskunalarining texnik holati, saqlash sharoitlarining amaldagi sanitariya talablari va me’yorlariga muvofiqligi o‘rganildi.

Shuningdek, markaz tarkibidagi bakteriologik (BAK) hamda biologik laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishilib, laboratoriyalarda tahlillarni sifatli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar baholandi.

O‘rganish jarayonida laboratoriyalar va boshqa bo‘limlarning zamonaviy tibbiy uskunalar, zarur reagentlar, himoya vositalari hamda boshqa anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ul xodimlar tomonidan markaz faoliyati, mavjud texnik baza, laboratoriya imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishchi guruh a’zolariga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Fuqarolar salomatligini ta’minlash, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni mustahkamlash va sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8