Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Termiz davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari oldidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyalar a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda qabul jarayonlariga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Kravchenya Gennadiy Nikolayevich hamda komissiya a’zosi Xasanov Azizbek Baxtiyorovich tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov hamda deputatlar K.Abdullayeva va G.Shafoatova ishtirok etib, qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari va uning oldini olishga qaratilgan videorolik namoyish etildi. Termiz davlat pedagogika instituti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Dilmurod Alisherovich oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, savollarga javob berildi hamda taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 8