Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
DAYJEST (8-12 iyun 2026 yil)

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta uchun belgilangan tadbirlar to‘liq amalga oshirilib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ekologik masalalar va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

✅️ 8 iyun — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbyaev Rashid Xidirbayevich “Nurli kelajak” MFYda aholi bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlari va ularni qiynab kelayotgan masalalarni tingladi.
✅️ 9 iyun — O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxamatdinovna aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganib, sohadagi mavjud holat yuzasidan tahlil ishlarini olib bordi.
✅️ 10 iyun — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rgandi.
✅️ 11 iyun — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va investitsiyalar holatini o‘rgandi.
✅️12 iyun — Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Yoshlar maslahat guruhi” bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar ijtimoiy loyihalar ijrosini nazorat qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.