Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik faoliyatini yoritishga qaratilgan mediamahsulotlar uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi faoliyatini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, Ishtixon tuman hokimligi apparati xodimlarining jamoat va xizmat faoliyatini keng yoritish, aholini amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari va davlat dasturlari ijrosi haqida xabardor qilishga qaratilgan mediamahsulotlarni tayyorlash xizmatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida mazkur maqsadlar uchun tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 15 million so‘m mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala yuzasidan tegishli xulosa berilib, mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

📍 Mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1