Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN
ISHLAR O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov tumandagi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” kompleks rivojlantirish dasturi
doirasida tanlab olingan Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib,
hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan
yaqindan tanishdi.


Tashrif davomida mahallada aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, ichki yo‘llarni
ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ko‘cha yoritish
tarmoqlarini rivojlantirish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish va savdo
sohalarini kengaytirish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalari
muhokama qilindi.


O‘rganishlar yakunida mas’ul tashkilotlar rahbarlariga dastur doirasida
belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, infratuzilma
obyektlari qurilishi va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, aholi
murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli
topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 4