Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikada ochiq muloqot va jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏥 Deputat tomonidan oilaviy poliklinikada ochiq muloqot va jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi

❗️Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida xXalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan Chilonzor tumanidagi “Qozirobod” mahallasi hududida joylashgan 33-sonli oilaviy poliklinikada ochiq va interfaol o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputat poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, muassasaga murojaat qilayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar va ochiq intervyular o‘tkazdi. Aholi tomonidan poliklinikada faoliyat yuritayotgan terapevt, kardiolog, nevropatolog, oftalmolog, stomatolog, pediatr hamda boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va bemorlarga bo‘lgan munosabati yuqori baholandi. Fuqarolar, shuningdek, oilaviy shifokorlar tomonidan uyma-uy nazorat ishlari muntazam va sifatli olib borilayotganini alohida ta’kidladilar.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ayrim taklif va murojaatlar ham bildirildi. Xususan, “Qozirobod” mahallasining Terariq ko‘chasida yashovchi fuqaro Qabul Mahkamov tomonidan 2024-yildan buyon “Kosonsoy” sanatoriyasiga yo‘llanma navbati kelmayotgani yuzasidan murojaat qilindi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda murojaatning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

📉 Shuningdek, fuqarolar tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etgan holda, ularning mehnatiga munosib rag‘bat yaratish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ham ilgari surdilar. Deputat Jamila Shermuhammedova ushbu masalalarni tegishli vazirlik va mutasaddi tashkilotlar e’tiboriga yetkazishini bildirdi.

🤝 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuv fuqarolarning fikr va takliflarini bevosita eshitish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🗣 O‘rganish yakunida bildirilgan barcha murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6