Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Yakkatut mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmati o‘rganildi

️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Shodmonov Shoxrux O‘ktamovichga biriktirilgan kotibiyat mudiri L.Murotova Yakkatut mahallasidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash masalalari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida quyidagilar aniqlandi:
-mahallada ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar soni - 52ta ni tashkil qiladi;
-davlat ta’minotidagi (nogironligi va qaramog‘ida nogiron bo‘lgan) fuqarorlar soni-13 ta;
Saxovat va ko‘mak jamg‘armasidan 2026-yilning shu oyigacha-5 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan va kiyim-kechak uchun mablag' ajratilgan.
Shuningdek,mahalladagi dolzarb muammolar va takliflar ham o‘rganildi.

🏞Mahallaning ichki ko‘chalarining ayrimlari beton qoplama bilan qoplangan bo‘lib, anomal sovuq paytida yorilib ketgani sabab, asfalt qilish kerakligi yuzasidan takliflar ko‘tarildi.
Yakkatut mahallasining Yoshlar yetakchisi "Yoshlar daftari"dan yoshlarga kontrakt to‘lashda yuz berayotgan muammolar yuzasidan, ushbu daftardan pul ajratish bo‘yicha ayrim me’yorlarga o‘zgartirishlar kerakligi yuzasidan taklif kiritdi.

🙏Shuningdek, Sh.Shodmonovning mahalladagi Yoshlar uchun tadbirlarda ko‘rsatayotgan amaliy ko‘magi uchun ham minnatdorchilik bildirildi.

Slide 1 of 4