Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Dilshod Narbayev “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Hilol mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
🔹 Deputat 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonini o‘rganib, qurilish sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi holatini ko‘zdan kechirdi.
🏗 Mazkur loyiha doirasida eski 90 o‘rinli bino o‘rnida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4 mlrd 193,6 mln so‘mni tashkil etadi.
Rekonstruksiya yakunlangach, bog‘cha qamrovi yana 60 nafarga kengayib, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya muhiti yaratiladi.
✅ Deputat tomonidan mas’ullarga qurilishning har bir bosqichini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4