Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
#Kengash_raisi #24-masala

✔️Toyloq tumanining O‘rtaqishloq mahallasida buyuk sarkarda Amir Temur nomi bilan bog‘liq yana bir muhim ma’naviy maskan — Amir Temur muzeyi tashkil etildi. Mazkur muzey yurtimiz tarixini chuqur o‘rganish, milliy merosimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

✔️Tadbirda xalq deputatlari Kengashi deputatlari ishtirok etib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular bu yerda Amir Temurning siyosiy, harbiy va ma’naviy merosini yorituvchi ekspozitsiyalar, tarixiy materiallar hamda turli ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdilar.

✔️Muzey “Amir Temur bog‘i” bilan uyg‘un holda tashkil etilgani uning ahamiyatini yanada oshirib, hududda o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy muhit yaratmoqda. Bu esa nafaqat mahalla aholisi, balki yoshlar uchun ham tariximizni chuqur anglash, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✔️Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, bunday maskanlar yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib, xalqimizning boy tarixi va buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

✔️Shu tariqa, O‘rtaqishloq mahallasida tashkil etilgan Amir Temur muzeyi hudud aholisi uchun yana bir muhim ma’naviy o‘choqqa aylanib, kelgusida ham ko‘plab ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan markaz bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4