Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Deputat so‘rovi yuborildi

Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati J.Xudoyqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qiziriq tumani hokimi o‘rinbosari Z.Adirovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida mazkur qaror asosida rekonstruksiya qilinishi belgilangan “Istiqlol” mahallasidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining bugungi holati o‘rganilib, ob'ektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilmaganligi yuzasidan mas’ullardan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, rekonstruksiya ishlarining kechikish sabablari, ob'ekt bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar, qurilishning amaldagi holati hamda ishlarni yakunlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan batafsil axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olingan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Dputat_sorovi #J_Xudoyqulova

Slide 1 of 2