Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan “Tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan 2-bosqich “Drayver” loyihalariga zarur infratuzilmani yaratish ishlari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati E.Erkaboyev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 49-bandida belgilangan “Boboyurt” va “Uchturg‘on” mahallalari hududidagi ijaraga berilgan 115 gektar yer maydonlarini oqava suv bilan ta’minlash” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Xususan, “Boboyurt” mahallasida joylashgan “Boysari” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonining bir qismi ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi fuqaroga ajratilgani hamda mazkur maydonni oqava suv bilan ta’minlash maqsadida nasos agregati o‘rnatilgani aniqlandi.

Biroq o‘rganish jarayonida mavjud nasos agregatining quvvati suv manbai va uzatish tarmog‘ining texnik imkoniyatlariga mos kelmasligi sababli suvni belgilangan hajmda yetkazib bera olmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, tizimning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida texnik parametrlariga mos va quvvati maqbullashtirilgan nasos uskunasini o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Hozirgi kunda fermer tomonidan ekin maydonlarini sug‘orishni ta’minlash maqsadida vaqtinchalik ravishda quvvati nisbatan kichik bo‘lgan nasos agregatidan foydalanib kelinmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5