Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
SESSIYA KUN TARTIBI: UCHINCHI MASALA

Sessiyada kun tartibidagi uchinchi masala — Tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala ham atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu masala yuzasidan Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Mullajonov hisobot berdi.
Hisobotda qayd etilganidek:
Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-janvardagi PF-17-sonli farmoniga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.
Moliyalashtirish maqsadi: O‘tgan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan tumandagi ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarqatilgan oziq-ovqat paketlari uchun mablag‘larni o‘tkazib berish zarurati yuzaga kelgan.
Ajratilgan mablag‘ va qamrov: Tumandagi 551 nafar Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ozi-ovqat paketlari uchun tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga kelib tushgan 227 012 000 (ikki yuz yigirma yetti million o‘n ikki ming) so‘m mablag‘ni o‘tkazib berish ko‘rib chiqildi.
Natija: Olingan mahsulotlar uchun tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘larni o‘tkazib berish masalasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4