Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
SESSIYA KUN TARTIBI: IKKINCHI MASALA

Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala — Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan “Manzilli ro‘yxati”ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ushbu masala yuzasidan ham tuman hokimining o‘rinbosari Alisher Erjigitov deputatlar oldida hisobot berdi.
Ma’ruzada quyidagi muhim jihatlar ta’kidlab o‘tildi:
Asosiy maqsad: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, tumandagi ko‘chalar va ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish hamda ichki yo‘llarni saqlash ishlari tizimli davom ettirilmoqda.
O‘zgartirish zarurati: Joriy yil uchun yo‘llarni ta’mirlash “Manzilli ro‘yxati” avvalroq tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi qarori bilan tasdiqlangan edi. Biroq, bugungi kunda hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib, ushbu ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangi qaror: Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini belgilangan reja va ehtiyoj asosida uzluksiz davom ettirish maqsadida, Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 26-maydagi 162-sonli xati va unga ilova qilingan yangi “Manzilli ro‘yxat” deputatlar tomonidan ma’qullandi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Natija: Kiritilgan ushbu o‘zgartirishlar va yangi tasdiqlangan “Manzilli ro‘yxat” tuman ichki yo‘llari infratuzilmasini manzilli yaxshilashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3