Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy himoya — doimiy e’tiborda
янв.21
“Muammo bilan yuzma-yuz”: aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
👧 Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
💼 Bandlik sari yana bir imkoniyat
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 ⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📌 Aholi murojaati asosida muhim masala ko‘tarildi.

👩‍💼 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati L. Xakimova tomonidan Sherobod tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi.

🔌 So‘rovda “Boybuloq” mahallasi “Bobotepa” qishlog‘idagi qo‘lbola yog‘och elektr ustunlari eskirib, ta’mirtalab holatga kelgani hamda bu holat elektr ta’minoti xavfsizligi va uzluksizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

🏗 Shuningdek, “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘rnatilayotgan yangi beton ustunlar va almashtirilayotgan amaldagi beton ustunlardan foydalanishga yaroqlilarini “Bobotepa” qishlog‘idagi eskirgan ustunlar o‘rniga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

🤝 Mazkur murojaat mahalla fuqarolari takliflari asosida yo‘llanib, hududda elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

✅ Masala deputat nazoratida.

Slide 1 of 4