Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
“Boyovut tuman tajribasi” asosida tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ijrosi deputat nazoratida.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida hududlarda amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Shu asosda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ravnaq ko‘chasida boshlangan yo‘l ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududdagi ichki yo‘lni joriy ta’mirlash jarayonining dastlabki bosqichi boshlanganligi, yo‘l qismi maxsus texnikalar yordamida tekislanib, shag‘al va tosh yotqizish ishlari uchun tayyorlanayotgani kuzatildi. Uzoq yillardan buyon aholiga noqulaylik tug‘dirib kelgan tuproq yo‘lni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlanganligi fuqarolar tomonidan ham ijobiy baholanmoqda.

Deputat tomonidan ishlarning sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi va muddatida bajarilishi yuzasidan alohida nazorat olib borilishi, eng muhimi, tasdiqlangan reja qog‘ozda emas, amalda natija berishi zarurligi ta’kidlandi.

🏛 Deputatlik nazorati — bu faqat hujjatlar bilan cheklanib qolmasdan, ajratilgan mablag‘ va belgilangan vazifalarning mahalla ko‘chasigacha yetib borayotganini joyida ko‘rishdir.

✅ Ravnaq berk ko‘chasida boshlangan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, jarayon deputat nazoratida davom etadi.