Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamov bilan birgalikda Farovon mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamov bilan birgalikda Farovon mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilning o‘tgan davri davomida mahalla hududida 7 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 1 tasi firibgarlik jinoyatini tashkil etadi. Shuningdek, 10 ta notinch oila profilaktik nazorat ro‘yxatiga olingan.

Mahallada xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida “Qalqon” platformasiga 4 ta kuzatuv kamerasi ulangan, ko‘cha boshlarida va savdo shoxobchalari oldida qo‘shimcha 19 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 4