#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-son umumta’lim maktabida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabning sport zal binosi, mavjud sport jihozlari, ularning holati hamda o‘quvchilarning sport to‘garaklariga jalb etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|