Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputati Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Sultonov Xushnudbek Romanberganovich
янв.21
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafarbek Boxromovich Pastom mahallasidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Temur Karimov faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni tayyorlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Inson qadri uchun: "Jo‘yjangal" mahallasida ijtimoiy ko‘mak masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Xudaykulova shahardagi “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, aholi holidan xabar oldilar.

🔵O‘rganish jarayonida shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayev ham ishtirok etib, ijtimoiy reyestrda turuvchi ehtiyojmand fuqaro xonadoni ko‘zdan kechirildi.

🔅 O‘rganish natijasida amalga oshirilgan ishlar:
🟢Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro xonadonining yashash sharoiti tahlil qilinib, unga tegishli yordam ko‘rsatilishi belgilab olindi;

🟢Markaz tomonidan fuqaro X.Dubarovaga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatidan foydalanish uchun vaucher topshirildi;

🟢Oilaning yosh farzandlariga kiyim-kechaklar va sovg‘alar ulashildi.

💬 Deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan bu kabi manzilli o‘rganishlar davom ettirilmoqda. Asosiy maqsad — har bir fuqaroning dardi bilan yashash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Slide 1 of 2