Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputati Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Sultonov Xushnudbek Romanberganovich
янв.21
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafarbek Boxromovich Pastom mahallasidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Temur Karimov faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni tayyorlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi: “Nurafshon” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mavjud elektr ta’minoti muammolari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganishlar davomida “Nurafshon” MFY hududidagi Dang‘ara ko‘chasida uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan simyog‘ochlar eskirib, yaroqsiz holga kelgani aniqlangan edi.

Shuningdek, Dang‘ara ko‘chasi va Mirishkor ko‘chasi aholisiga elektr energiyasi yetkazib berayotgan transformator punkti (TP) yuqori kuchlanish bilan ishlayotgani sababli, ayniqsa kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida uzilishlar va noqulayliklar yuzaga kelayotgani fuqarolar tomonidan bildirilgan.

Mazkur murojaatlar asosida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida quyidagi masalalarga aniqlik kiritish so‘ralgan:
Dang‘ara ko‘chasidagi mavjud simyog‘ochlarni yangilash va yangi tayanch ustunlari o‘rnatish;
Hududga alohida elektr uzatish moslamasi (TP) o‘rnatish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotgani;
Ushbu ishlarni amalga oshirish muddatlari va rejalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish.

Ta’kidlanganidek, fuqarolarni qiynayotgan infratuzilma muammolarini bartaraf etish, hududlarda barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2