Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputati Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Sultonov Xushnudbek Romanberganovich
янв.21
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafarbek Boxromovich Pastom mahallasidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Temur Karimov faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni tayyorlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Uchquduq tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazdagi kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar, elektron xizmatlar hamda yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, Axborot-kutubxona markazi fondida 15 mingdan ortiq o‘zbek, rus va qozoq tillaridagi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud. Hozirgi kunda markazda 6 mingdan ortiq kitobxon ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga muntazam ravishda zamonaviy kutubxona xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yangi adabiyotlar bilan fondni boyitish hamda kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 4