Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G‘.Ollamov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan Bo‘yrasi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalar tahlil qilindi.
📊 Ma’lum qilinishicha, 3 ta dastur doirasida jami 452 million 800 ming so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, natijada mahallada 26 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.