Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 Jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
🛣 Deputat mahalladagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
👩‍👩‍👧 Deputat Xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan Nurobod mahallasidagi maktab bitiruvchilari bilan nuroniylar uchrashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Otoxanovna Seydabdullayeva Sayapir mahallasida joylashgan 7-son umumta’lim o‘rta maktabi kutubxonasida o‘rganish olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovlatov Xorazm gidrogeologiya markazi Tuyamuyun ko‘l stansiyasi tashqi kuzatuv laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ziyeda Rahimberganova “Saxovat” mahallasida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi davr boshlanmoqda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI
Deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna deputatlik so'roviga javob.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan fuqarolar murojaati asosida yo‘llangan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limidan rasmiy javob xati olindi.

Javob xatida Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesidagi 26-uy manzilida o‘rganish ishlari olib borilgani ma’lum qilinib, hududdagi daraxtlarni sanitariya maqsadida butash va kesish tartibi yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil tushuntirish berilgan.

Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida daraxt va butalarni sanitariya maqsadida butash uchun ayrim hollarda ruxsatnoma talab etilmasligi ham belgilab o‘tilgan.

Deputatlik faoliyati doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi ekologik muammolarni bartaraf etish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2