Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari bo’yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: DEPUTATLIK SO‘ROVI KIRITILDI
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy himoya — doimiy e’tiborda
янв.21
“Muammo bilan yuzma-yuz”: aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi 🏛 "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya"si tarkibi
янв.21
👧 Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
💼 Bandlik sari yana bir imkoniyat
15-may — Xalqaro oila kuni

15-may — Xalqaro oila kuni

💐Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi nomidan aziz yurtdoshlarimizni Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🏡 Oila — inson qalbiga mehr, tarbiya va sadoqat tuyg‘ularini singdiradigan muqaddas maskandir. Jamiyat taraqqiyoti, yurt tinchligi va farovon kelajak avvalo oiladagi ahillik, o‘zaro hurmat hamda mustahkam qadriyatlarga bog‘liqdir.

📝 Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar farovonligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasi hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, baxtli va mustahkam oila — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir.

🌺Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha xonadonlarga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va baxt-saodat tilaymiz. Farzandlaringiz kamolini, oilalaringizga doimo quvonch va totuvlik yor bo‘lishini tilab qolamiz.

✨ Xonadonlaringizdan mehr va shukuh arimasin! Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin!