Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag'och" saylov okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Raxmonberdiyevga deputatlik so'rovi chiqarildi. 

  ⚠️ Ushbu deputatlik so'rovida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

  ✍️ tumanda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;

  ✍️ ta’lim muassasalari va tashkilotlarda “Kitob burchagi” hamda “kitob o‘qish soati” joriy etilishi;

  ✍️ mahallalarda kutubxonalar tashkil etish va ularni boyitish bo‘yicha bajarilgan ishlar;

  ✍️ yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar natijalari;

  ✍️ shu bilan birga, “kitob o‘qish soati” doirasida o‘tkaziladigan idoraviy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida ularni tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazish hamda mazkur jarayonni ushbu markazga muvofiqlashtirish uchun yo‘naltirish yuzasidan taklif kiritish yuzasidan belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3