Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Kengash_faoliyati

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DIQQAT MARKAZIDA

✅Bandixon tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumanimizdagi “Bag'rikeng” mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni o‘rgandi.

✅ O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

✅Mahalla profilaktika inspektori ishtirokida quyidagi masalalar tahlil qilindi:

✅Jinoyatchilik dinamikasi: Mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan omillar ko‘rib chiqildi.

✅Profilaktik chora-tadbirlar: “Xonadonbay” yurish orqali oilaviy mojarolarni kamaytirish va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash choralari.

✅Tungi nazorat: Hududda ko‘cha chiroqlari va kuzatuv kameralarining ishchi holati, tungi vaqtlarda profilaktik tadbirlarning samaradorligi.

✅ Kelgusidagi vazifalar:

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish belgilab olindi.

Xavfsiz hayot va osoyishta kelajak uchun barchamiz mas’ulmiz!

Slide 1 of 1