Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Tuman Kengashi deputati ijtimoiy reestrdagi fuqarolar holidan xabar oldi

Tuman Kengashi deputati tomonidan hududda ijtimoiy reestrda ro‘yxatda turgan fuqarolar holidan xabar olish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi. Tashrif davomida ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari o‘rganildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ularni qiynayotgan masalalar, jumladan, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlarga oid muammolar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilandi.

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Slide 1 of 2