Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Kengash_faoliyati

🏛 Bandixon tumanida "Deputat va mahalla yettiligi" hamkorligi amalda

✅Bandixon tumanida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va aholi muammolarini joyida hal etish borasida tizimli ishlar davom etmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Qudratov Davron Qo'ldoshevichga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅ Asosiy maqsad: Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosini ta’minlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish.

✅Hokim yordamchisi faoliyati — diqqat markazida

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisining faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan:

✅Tadbirkorlikni rivojlantirish: Aholining o‘zini-ozi band qilishi va kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash darajasi;

✅ Imtiyozli kreditlar: "Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi;

✅ Xatlov natijalari: "Mahallabay" ishlash tizimi orqali aniqlangan ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash choralari tahlil qilindi.

✅ Natija va kelgusidagi vazifalar

O‘rganish yakunida deputatlarning saylovchilar bilan aloqalarini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashda mahalla yettiligi, ayniqsa, hokim yordamchisining mas'uliyatini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

✅"Mahalla — islohotlarning asosiy bo‘g‘ini. Deputat va mahalla yettiligi hamjihat ishlasa, aholi roziligiga erishish osonlashadi."

Slide 1 of 2