Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
❗️Yoshlar salomatligi va ongli tanlov – kelajak poydevori

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Yoshlar salomatligi va ongli tanlov – kelajak poydevori

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tashabbusi bilan Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda “Sog‘lom hayot, ongli tanlov va yoshlar kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi hamkorligida o‘tkazilib, unda yoshlar faol ishtirok etdi.

📝 Davra suhbati davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, erta nikohning salbiy oqibatlari, shuningdek bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy himoya va ta’lim sifatiga oid masalalar ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

🔎 Tadbir jarayonida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Ayniqsa, yoshlarning ongli tanlov qilish madaniyatini shakllantirish va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🤝 Yakunda sog‘lom hayot tarzini tanlash, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, o‘z ustida ishlash va jamiyatda faol bo‘lish yoshlar kelajagi uchun muhim omil ekani yana bir bor e’tirof etildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7