Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xususan, mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, aholining daromad manbalarini kengaytirish va ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ustidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil tashkil etilmoqda. 

Jumladan, mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan 13-“Qorliq” saylov okrugi hududidagi “Qorliq” mahallasida o‘tkazildi. 

Unda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Xo‘janov, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdilar. 

O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5