Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Mahalla ravnaqi va aholi farovonligi – asosiy mezon!

Mahalla ravnaqi va aholi farovonligi – asosiy mezon!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov ishtirokida M.Eshtemirov mahallasida navbatdagi tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mahalla “yettiligi” bilan birgalikda deputatlar oldiga qo‘yilgan va tavsiya etilgan 24 ta muhim masala doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

Ijro nazorati: M.Eshtemirov mahallasiga tegishli bo‘lgan masalalarning bugungi holati va erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Yettilik bilan hamkorlik: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning hamkorlikdagi faoliyati samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Muammolar yechimi: Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarmisollari keltirildi.

"Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi – xalq muammolarini joyida hal etishning eng samarali mexanizmidir." — A.Avliyakulov

Shuningdek tahliliy uchrashuv doirasida fuqarolar murojaatlari ham tinglandi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va ijtimoiy muammolar turganini inobatga olgan holda, aholini qiynayotgan masalalar joyida o‘rganildi:

Kelgusidagi rejalar:

Tahliliy uchrashuv yakunida hali yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsadimiz bitta: Mahallamizni obod, xalqimizni hayotidan rozi qilish!

Slide 1 of 4