Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Deputat mahallada Ma’naviyat maskanlari va kitobxonlik muhiti deputat nazoratida

 Ma’naviyat maskanlari va kitobxonlik muhiti deputat
nazoratida
 

Yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish,
ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda kutubxonalarning o‘rni beqiyos.
Shu bois, madaniyat va ma’rifat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rganish xalq
vakillarining doimiy e’tiborida.
 

24-Ko‘lota saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari
tuman Kengashi deputati (“Adolat” SDP guruh a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi madaniy-ma’rifiy
muassasalar holati o‘rganildi.
 

 O‘rganish
davomida okrug hududida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi
faoliyati va kitob fondi ko‘zdan kechirildi.
 

 O‘rganish
natijalari:
 

Kutubxonada o‘quvchilarning darsdan tashqari
vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan;
 

Badiiy, ilmiy va darslik adabiyotlari fondi
shakllantirilgan bo‘lib, kitoblarning saqlanish holati talab darajasida;
 

O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini
oshirish bo‘yicha mas’ullar tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
 

 Deputat
ta’kidi:
 

“Maktab kutubxonasi — bu bilimlar xazinasi. Biz
nafaqat kitoblarning mavjudligini, balki yoshlarning mutolaa qilishlari uchun
yaratilgan qulayliklarni ham o‘rgandik. Maqsadimiz — har bir o‘g‘il-qizning
sifatli ta’lim va boy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lishini ta’minlashdir”, —
dedi deputat B.Rahmonova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 5