O‘rganish jarayonida pedagog-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ta’lim-tarbiya jarayonining bugungi holati, uning sifati hamda samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanish darajasi, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik baza holati ham batafsil tahlil etildi. O‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion o‘qitish uslublari o‘rganildi. Monitoring natijalari asosida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etishda deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o'quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyat ham e’tibordan chetda qolmadi. O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.