"Ayollar daftari" va aholi murojaatlari deputat e’tiborida
🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 10-okrugidan saylangan deputat D.Abdunazarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida "Yangi hayot" mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati va ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.
🔵Mazkur o‘rganish jarayonlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan 24 talik tavsiyalar asosida, tizimli tahlil va natijadorlik tamoyillari asosida tashkil etildi.
📑 "Ayollar daftari": Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilindi.