Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tartibsiz reklamalarga qarshi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi ham munosib ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"
янв.21
Tuproqqal’a tumanida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
янв.21
Nukus saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.
янв.21
“Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📨Oqoltin tuman Kengashi deputati Mohinurxon Ismoilxo‘jayeva tomonidan qonunchilikka muvofiq Oqoltin tumani Suv yetkazib berish DM rahbari O‘lmas Isayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

💧So‘rovda ko‘tarilgan masala:

“Obod” MFY Bog‘ ko‘chasida aholining tomorqalarini oqar suv bilan ta’minlash maqsadida sug‘orish tizimi yangilandi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda aholidan ushbu sug‘orish tarmog‘i (lotok) ga 4 dona gidram (suv jumragi) o‘rnatilganligi yana qo‘shimcha ikki dona gidram (suv jumragi) o‘rnatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar. 

Sizdan, yuqoridagi masalani vakolatingiz doirasida mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqib “Obod” MFY bog‘ ko‘chasidan o‘tgan asosiy suv tarmog‘i (lotok) ga qo‘shimcha ikki dona gidram (suv jumragi) o‘rnatishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati